Dastlab Toshkent davlat texnika universiteti akademik faoliyat boʻyicha prorektor, professor Orifjon Olimovich universitetning yaqin 95 yil ichida bosib oʻtgan tarixiy yoʻli ham oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib oʻtdilar.
Shundan soʻng, Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari uchun davra suhbati oʻtkazilib, ikki nafar oʻquvchiga universitet tomonidan taʼsis etilgan "Toshkent davlat texnika universiteti" stipendiyasi topshirildi, Shu bilan birga, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyo qarashini yanada oshirish hamda oliy ta’lim muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash har ikki tomon uchun manfaatli ekanini va bu har ikki tomonning asosiy vazifasi sifatida bajarilishi maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Memorandumini imzoladilar.
Uchrashuvdan soʻng, maktab direktori va o'qituvchi-oʻquvchilariga unversitet fakultetlari hamda INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki faoliyati va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishishdi.