O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri sport maktabi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov bugun Jizzax viloyatida bo‘lib, dastlab Sharof Rashidov tumani sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Sport vaziri Adham Ikramov va tuman hokimi Mahmud Xolbo‘tayev bilan birgalikda ushbu tuman sport maktabi faoliyati keng tahlil qilindi va natijalari sarhisob qilindi. Yuzaga kelgan mavjud kamchiliklar yuzasidan bir qator topshiriqlar berildi.