O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 690-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 11 oktyabrdagi 10-mb-son qaroriga asosan tasdiqlangan quyidagi hisobot taqdim etilishi lozim:
2-fx shakli “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot” (yilda 2 marta, 1 iyul va 1 yanvar holatiga) Davlat statistika hisobotini 2022 yilning 5 yanvaridan kechiktirmay (Fermer xo‘jaliklari) taqdim etishingiz so‘raladi.
Hisobot internet tarmog‘i orqali, davlat statistika hisobotlarni elektron ko‘rinishda avtomatlashtirilgan eStat 4.0 dasturi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. eStat 4.0 tizimida mavjud davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (namunasi)ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining www.hisobot.stat.uz internet tarmog‘i orqali yuborishingiz mumkin.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sharof Rashidov tuman statistika bo’limi