BARCHA XO‘JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLAR DIQQATIGA!
Davlat statistika hisobotlarini elektron shaklida yig‘ish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim eting!
Yillik davlat statistika hisobotlarini:
Fermer xo‘jaliklari – 25 fevraldan,
Kichik korxona va mikrofirmalar – 25 fevraldan,
Notijorat tashkilotlari – 15 fevraldan,
Nodavlat notijorat tashkilotlari – 2 martdan
va boshqa xo‘jalik sub'ektlari barcha statistika hisobotlarini belgilangan muddatlardan kechiktirmay Internet tarmog‘i orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlari shart.
Belgilangan muddatda hisobotni taqdim etmaslik O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining
215-moddasiga ko‘ra mas'ul mansabdor shaxslarga nisbatan ma'muriy javobgarlik belgilanishiga sabab bo‘ladi.
Davlat statistika hisobotlarining elektron shaklini Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz rasmiy veb saytidan olishingiz mumkin.
Sharof Rashidov tuman statistika bo‘limi ma'muriyati.