Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33

Targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

07 март 2023 йил
104
0

 

Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Pirxalov Sharof Rashidov tumandagi mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda “Qatortol” mahallasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2023-yilning 2-fevral kuni tasdiqlangan “Vorislik huquqi” bo‘yicha, shuningdek, Firibgarlik, Kibermakonda odam savdosiga qarshi kurashish va giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, aholiga kontrafakt mahsulotlari bo‘yicha ham huquqiy tushunchalar berilib, flayrlar tarqatildi.
Tadbir so‘ngida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan jami 28 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 19 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, 9 tasi ish yurituvga qabul qilindi. Shuningdek, 18 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар