Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Sharof Rashidov tuman hokimi Maxmud Xolbutaevning tuman aholisiga bayram tabrigi

Sharof Rashidov tuman hokimi Maxmud Xolbutaevning tuman aholisiga bayram tabrigi

21 март 2023 йил
143
0

 

Sharof Rashidov tuman hokimi Maxmud Xolbutaevning tuman aholisiga bayram tabrigi

Hurmatli tumandoshlar !

Shu munavvar tongda siz azizlarni, sizlar orqali butun tumanimiz xalqini Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Navro‘z tabiatning ustuvor qudrati va ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.

Azizlar !

Sizlarni va sizlar orqali barcha tumandoshlarimizni yana bir bor uyg‘onish, yasharish, mehr-oqibat va yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Mehr-oqibat, halollik, mehnatsevarlik va shijoat kabi ezgu xislatlarni o‘zida mujassam etgan bu ulug‘ ayyomga xos go‘zal fazilatlar siz azizlarni aslo tark etmasin.

Barchalaringizga sixat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар