3- sektor rahbari Madaniyatliklar bilan muloqot qildi
3- sektor rahbari Madaniyatliklar bilan muloqot qildi
Jizzax viloyati IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov Sharof Rashidov tumanining Madaniyat mahallasida aholi, xususan yoshlar bilan muloqot qildi. Sayyor qabulda 20 ga yaqin madaniyatliklar o`zlarini qiynab kelayotgan 25 ga yaqin muammolarini hal etishda sektor rahbaridan yordam so`rashdi. Xususan, tabiiy gaz hamda elektr ta’minotini yaxshilash, transformator o`rnatish, uy-joy qurish uchun er ajratish, mahalla aholisi uchun avtobus qatnovi yo`lga qo`yish, ichki ko`chalarga asfalt va shag`al yotqizish, xonadonini tabiiy gaz tarmog`iga ulash kabi masalalarga mutasaddilar ishtirokida echim izlandi.
Shuningdek, yashash uyini ta’mirlash, moddiy yordam olish, ko`chalarni tungi vaqtda yoritish, salomatligini tiklash, tadbirkorlik uchun ko`mak zarurligi bayon etildi.
3- sektor rahbari qabul davomida ko`tarilgan murojaatlarni o`z vaqtida hal etish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi. Shu bilan birga hudud imkoniyatidan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, mavjud ijtimoiy-maishiy masalalarni chuqur o`rganish va bartaraf etish bo`yicha vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida 6 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv moshinasi, 3 nafariga moddiy yordam ko`rsatilganligi haqidagi sertifikatlar topshirildi. Bir guruh tashabbuskor yoshlar esa viloyat IIB boshlig`ining faxriy yorlig`i hamda sovg`alari bilan taqdirlandi.
Viloyat IIB boshlig`i shu kuni tuman 3- sektor shtabi hamda “Голд еcо wатер” MChJ faoliyati bilan ham tanishdi.
Ta’kidlash joiz, sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko`tarilgan masalalarning ayrimlari 3- sektor ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o`rganildi. Xususan, Dilbar Eshmirzaevaning yashash uyini ta’mirlash va salomatligini tiklash bo`yicha murojaati qanoatlantiriladigan bo`ldi. Shu ma’noda qilinadigan ishlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolar murojaati asosida mahallaning Istiqlol ko`chasiga 300 metrlik tabiiy gaz tarmog`ini tortish ishlari ham boshlab yuborildi.