Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ish olib borilmoqda
Sharof Rashidov tumanida “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan qo`shma Qaror ijrosi bo`yicha belgilangan vazifalar doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda. Bunda asosiy e’tibor qizil toifadagi mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishga qaratilmoqda. Shu ma’noda tashkil qilingan yo`riqnoma tadbirida jalb etilgan kuch va tuzilmalar xodimlariga jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, hisobda turgan shaxslar bilan “individual profilaktik” ishlarni olib borish bo`yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish zarurligi uqtirildi. Shundan so`ng xodimlar belgilangan joylarda xizmat vazifalarini bajarishni boshladi.
Shu kuni tuman IIB, viloyat hamda tuman prokuraturasi mutasaddilari “qizil” toifadagi “Qatortol” mahallasida faollar bilan jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bandligini ta’minlash, “xonadonbay” o`rganish orqali aniqlangan masalalarni o`z vaqtida hal qilish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Xuddi shunday “Qo`shko`prik” mahallasida ham huquq-tartibot idoralari xodimlarining tungi xizmat faoliyati ko`zdan kechirildi. Jamoat joylari, savdo va xizmat ko`rsatish ob’ektlarida tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammoli masalalari o`rganildi.
Jarayonda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo`yicha idoralararo komissiyasi Sharof Rashidov tumani shtabida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig`ilishda jinoyatchilik sektorlar va mahallalar kesimida tahlil qilindi. Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari tomonidan o`tkazilgan o`rganishlar davomida belgilangan vazifalarning hal etilishiga ham diqqat qilindi. Shu bilan birga kuzatuv kameralari o`rnatilishi, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha hamda iqtisodiyot tarmoqlari, tadbirkorlik ob’ektlari qo`riqlovini tashkil etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishiga ham e’tibor qaratildi.