Sharof Rashidov tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi
Sharof Rashidov tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi
Jizzax viloyati hokimining o`rinbosari Akmal Savurboev boshchiligidagi viloyat IIB, DXX va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmalari, viloyat kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig`i hamda viloyat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan uchrashishdi. Tumandagi 12- sonli o`rta umumta’lim maktabida o`tgan uchrashuv avvalida hudud yoshlarining bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, iste’dod va iqtidorlarini namoyon etish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.
Rahbar va yoshlar uchrashuvida yurtimizda o`nayotgan avlodga, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va kelajakda jamiyatda o`z o`rnini topishiga ko`maklashishga alohida e’tibor qaratilayotgani tilga olindi. Shu nuqtai nazardan amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan qulayliklar qayd etildi.
Muloqot davomida tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiynayotgan muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. KO`tarilgan har bir masalani bartaraf etish, yoshlar bilan manzilli ishlash bo`yicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.
Tadbir davomida o`tgan yil davomida hudud yoshlari tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar ham tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlari ko`lamini kengaytirish bo`yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.