Sharof Rashidov tumanida “Mahalla yettiligi” uchun oʻquv-seminari tashkil etildi
Sharof Rashidov tumanida “Mahalla yettiligi” uchun oʻquv-seminari tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21 dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorining mazmun-mohiyati va amalga oshirish mexanizmlarini ijrochilarga sifatli yetkazish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda biriktirilgan hududiy trenerlar bilan hamkorlikda tumanda “mahalla yettiligi” uchun oʻquv-seminari davom etmoqda.