Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Bugun Sharof Rashidov tumani, Yangi hayot MFY da yoshlar ishtirokida Harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Bugun Sharof Rashidov tumani, Yangi hayot MFY da yoshlar ishtirokida Harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

14 февраль 2024 йил
26
0

Bugun Sharof Rashidov tumani, Yangi hayot MFY da yoshlar ishtirokida Harbiy vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

 

 

 

 
Festival doirasida turli sport musobaqalari va ko'rgazmali chiqishlar taqdim etildi.

Viloyat soliq boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan harbiy vatanparvarlik festivali davomida Milliy gvardiya tomonidan jangovar texnika va qurol-aslahalar, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlarining koʻrgazmasi, qoʻl jangi, kinologiya xizmati, viloyat FVB yong’in xavfsizligi xizmati hamda faxriy qorovul qoʻshinlari chiqishlari ishtirokchilarida katta taassurot uyg‘otdi.

Yoshlar o’rtasida arqon tortish, shashka, voleybol kabi sport turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqa g’oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Tadbir Yangi hayot mahallasi Qo’rg’ontepa qishlog’I hududida joylashgan 51-maktabda bolib o’tdi. Eslatib o’tamiz, ayni paytda mahallada “Obod xonadon-obod ko’cha-obod mahalla” dasturi doirasida keng ko’lamdagi obodonlashtirish oshlari olib borilmoqda.

Navro’z bayramigacha davom etadigan obodonlashtirish ishlari natijasida yuzga yaqin elektr simyog’ochlari yangilanishi, yo’llar asfatlanishi, xonadonlar va tomorqalar obodonlashtirilishi, yangi MFY binosi bitkazilishi ko’zda tutilgan. Bundan tashqari gaz tarmoqlari va suv quvurlari sozlanib, to’plangan chiqindilardan hududni tozalash ishlari olib borildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар