"Obod xonadon - obod ko'cha- obod mahalla" mezoni amalda
"Obod xonadon - obod ko'cha- obod mahalla" mezoni amalda
Sharof Rashidov tumani “Yangi hayot” mahallasida Oila va xotin-qizlar bo'limi, sektor rahbari hamkorlikda uyma-uy yurish orqali oilalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhit o'rganildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj ya'ni boquvchisi bo'lmagan, qaramog'ida nogiron farzandi bo'lgan, o'zining nogironligi bo'lgan kam ta'minlangan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” ga kiritish orqali ularning muammolarini xal etish choralari ko'rildi.
O'rganish davomida R.Ashurova, I.Turdiqulova o'zini-o'zi band qilishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini ma'lum qilishdi. Xotin-qizlar faoli tomonidan 5-bosqich “Ayollar daftari”ning ishsiz ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritildi va subsidiya asosida tikuv mashinasi xarid qilish uchun arizasi qabul qilindi.
“Qo'rg'ontepa” qishlog'ida yashovchi M.Abdujabborova 7 yoshdagi tug'ma nogiron farzandi uchun nogironlik aravachasiga ehtiyoji borligini ma'lum qildi.