Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33

“Soliq – korrupsiyadan xoli tizim”

13 май 2024 йил
123
0

 

 

 

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi tuman, shahar hududiy bo‘limlarida “Soliq – korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda

Yaqinda Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq xizmati xodimlarining kasb odobi, soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda xolislik tamoyiliga rioya etishi davra suhbatining asosiy mavzusiga aylandi.

Tadbirda har bir davlat soliq xizmatchisi xizmat vakolati doirasidan chetga chiqmasligi, jinoiy qilmishlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etmasligi, zimmasiga yuklatilgan vazifani halol va vijdonan bajarishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilgan taqdirda unga jazo muqarrarligi ham alohida qayd etildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар