Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha “Jamoatchilik eshituvi” o‘tkazildi

Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha “Jamoatchilik eshituvi” o‘tkazildi

11 октябрь 2024 йил
1
0

Qurilish ostiga tushgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha “Jamoatchilik eshituvi” o‘tkazildi

 

 

Ma’lumki, viloyatimizda Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlarini bog‘lovchi 4K-253a Islom Karimov shox ko‘chasi shoxobcha avtomobil yo‘lidan M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘liga ulanuvchi yangi yunalishdagi, 700 pm uzunlikdagi yul o‘tkazgich hamda M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘liga ulanuvchi yangi yunalishdagi, 4 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lining qurilishi ishlari boshlab yuborilgan. Yo‘l o‘tkazgich qurilishi ob’yekti va Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tadigan avtomobil yo‘lining qurilishi ostiga tushgan daraxtlarni saqlab qolish, ularni qonun talablari doirasida boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning ijtimoiy va ekologik ahamiyatini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida “Jamoatchilik eshituvi” tashkil etildi.

Tadbirga Jizzax shahar va Sharof Rashidov tumanlari hokimliklarining mas’ul vakillari, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ullari, Jizax shahrining Ulug‘bek va Sharof Rashidov tumanining “Katta qishloq” MFY faollari hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

“Jamoatchilik eshituvi”da jamoatchilik vakillariga davomida qurilish ob’yekti ostiga tushgan Jizzax shahar hududida o‘sib turgan 11 dona manzarali va mevali, Sharof Rashidov tumani hududida o‘sib turgan 256 ta tut daraxtlarini boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish taklifi ma’lum qilindi va ularning bu borada fikr va mulohazalari o‘rganildi.

“Jamoatchilik eshituvi”da mazkur qurilish ob’yekti aholi uchun bir qator imkoniyatlar yaratishi, jumladan,  “Yangi O‘zbekiston” massiviga boriladigan yo‘lni yanada yaqinlashtirishi, yo‘llarda yuzaga keladigan avtotransport  vositalari tirbandligi muammolarining bartaraf etilishi, qolaversa, avtotransport vositalaridan atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlarning kamayishi kabi ijobiy jihatlari haqidagi fikrlar bildirildi. 

Shuningdek, ma’sullar daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish uchun  kuz mavsumining ayni vaqti ekanligi, hudud iqlim omillarining zararsizligi,  shuningdek, daraxtlar maxsus texnika vositasi yordamida ko‘chirib o‘tkazilishining afzalliklari  haqida gapirdilar.

Tadbirda OAV vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар