BOLALAR OʻRTASIDA YOʻL TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH YUZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI BOʻLIB OʻTMOQDA
BOLALAR OʻRTASIDA YOʻL TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH YUZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI BOʻLIB OʻTMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma rejaga asosan Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi bolalar bilan ishlash boʻlimining inspektor-psixologlari tomonidan umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi yoshlar bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini keskin kamaytirish, oʻquvchi yoshlar oʻrtasida harakat xavfsizligi boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgin targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Sharof Rashidov tuman MvaMT boʻlimiga qarashli 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi inspektor-psixologi kapitan M.Muzaffarova tomonidan Bolalar oʻrtasida yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.