Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33
» » Pensiya tizimi: Yangi davrda nimalar o‘zgardi?

Pensiya tizimi: Yangi davrda nimalar o‘zgardi?

28 январь 2022 йил
237
0

Pensiya tizimi: Yangi davrda nimalar o‘zgardi?

Pensiya tizimi: Yangi davrda nimalar o'zgardi? » Арнасой тумани ҳокимлиги  расмий сайти

 Yangilanayotgan Yangi O`zbekistonda barcha sohalarda bo`layotgani kabi pensiya ta`minoti sohasida ham katta o`zgarishlar ro`y bermoqda.

So`ngi vaqtlarda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ancha osib bormoqda. Birgina Sharof Rashidov tumanida 2016 yilda 16 ming  pensiya va nafaqa oluvchilar bor bolgan bo`lsa 2021 yilga kelib pensiya va nafaqa oluvchilar soni 23ming nafardan osib ketdi.

Otgan yillar davomida pensiya tizimida amalga oshirilgan ishlardan ehg asosiysi pensiya va nafaqalarning naq pulda to`lalnisidir. 2017 yil 1 fevralga qadar banklarda naqd pul muammosi tufayli pensiyalar naqd shaklda berilmayotgan edi.  Shu oydan boshlab bu muammo ham echildi. Pensionerlarga pehsiya pullarini istalgan shaklda, naqd yoki plastik karta orqali berila boshlandi.

2019 yildan boshlsb pensiya hisoblashda ish haqiga belgilangan yuqori chegara BHM ning 8 barovaridan 10 barovariga oshirilishi yuqori pensiya oluvchilarga  pensiya miqdori 265 ming so`mgacha osirilishilgan bo`lsa, ishlovchi pensionerlarga pensiyaning 100 foiz to`lanishi esa bu toifadagi pensiya oluvchilarning daromadlarining yanada oshishiga olib keldi.

Pensiya oluvchilar uchun 2021 yilda amalga oshirilgan yangiliklsrdan biri shu bo`ldiki, 2021 yil 1iyundan boshlab pensiyaga chiqmoqchi bo‘lgan fuqaroning 2005 yilgacha ishlagan davri ish stajiga hech qanday hujjatlar talab etilmasdan inobatga olinadigan bo`ldi. Pensiyaga chiqish uchun faqatgina pasport va so‘nggi 5 yilda olgan oylik maoshlari haqida ma'lumot so‘raladigan tizim joriy etildi. Bundan avval esa 2005 yilgacha bo‘lgan ish stajlarning elektron bazasi bo‘lmagani uchun fuqarolardan ish haqi, staji to‘g‘risidagi ma'lumotlar, arxiv hujjatlari talab etilar, ularning ish stajlari to‘liq inobatga olinmay kelinar edi. Natijada ovoragarchilik va e'tirozlar ko‘payib bordi. Shu paytgacha fuqarolardan pensiyaga chiqish uchun 40 dan ortiq hujjat talab qilingan. 15 ga yaqin vazirlik va idoralardan hujjat yig‘ish kerak edi. Shuning asosiy qismi 2005 yilgacha bo‘lgan mehnat staji bilan bog‘liq bo‘lardi.

Hozirda ishlaydigan turmush o‘rtoq ishlamaydigan turmush o‘rtog‘i uchun oylik daromadlaridan Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin. Mazkur to‘lovlar hisobiga staj yig‘ib boriladi va kelgusida pensiya ta'minoti bilan qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Erkaklarning  ishlamaydigan turmush o`rto`g`lari uchun ijtimoiy soliq to`lashlsri ayollarga  ro‘zg‘or ishlari bilan band bo‘lish, farzandlar tarbiyasi bilan shug`ullanish bilan birgalikda kelgusida pensiya olish huquqiga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ham Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda soliq to‘lash hisobiga o‘zlariga staj yig‘ib borishlari va kelgusida pensiyaga chiqishlari mumkin. Bundan tashqari ko‘plab yurtdoshlarimiz chet elda mehnat faoliyati yuritishadi. Ular ham ma'lum vaqt ishlab O‘zbekistonga qaytishadi. Hozirda shunday vatandoshlarimizga ham pensiyaga chiqish imkoniyati yaratildi. Ya'ni xorijda olgan daromadlari hisobidan ijtimoiy soliq to‘lasalar, ularga staj hisoblanadi. Pensiya yoshiga yetganda esa pensiya tayinlash huquqi beriladi.

2021 yil boshidan “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri butun respublikada yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim orqali kam ta'minlangan oilalarga 3 turdagi nafaqalar elektron tartibda, inson omilisiz, avtomatik tarzda tayinlanadi. Avvallari nafaqa olmoqchi bo‘lgan arizachidan daromadlari, mol-mulki, oila a'zolari ishlaydigan joydan ma'lumotlar talab qilingan. Bundan tashqari, murojaatni ko‘rib chiqish jarayoniga uzoq vaqt sarflangan. “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri tizimida esa fuqaro hech qanday ma'lumot yig‘ishi shart emas. Faqatgina ariza bilan o‘zi va oila a'zolarining pasport nusxalari (nikoh va tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomalar) taqdim etiladi. Ariza mahallaga beriladi. Reyestr orqali elektron tarzda nafaqalar kimga tayinlangani yoki rad etilgani, rad etilishi sabablarini ham ko‘rish mumkin.

 

Pensiya jamgarmasi Sharof Rashidov

    tuman bo`limi boshlig`i E.Nuritdinov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар