Телефонлар:
(0372) 342-10-18
(0372) 342-13-33

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

31 январь 2022 йил
395
0

QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR

 Материалы за 04.08.2021 » Шароф Рашидов тумани ҳокимлиги расмий сайти

Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28 aprel 2021 yildagi 248 qaroriga asosan 2021 yil 1 avgustdan boshlab ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlashni davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali amalga oshirish tartibi joriy etildi.

 

 Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolar quyidagilar hisoblanadi:

- nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;

- bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalar;

- yoshidan qat’i nazar ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

- davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari.

 Davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli nafaqa yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot tomonidan to‘lanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

 

Murojaat qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.

Murojaat qiluvchi o‘zi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qiluvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng murojaat qiluvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.

Murojaat qiluvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, so‘rovnomani tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Murojaat qiluvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlashning rad etilishi davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.

Murojaat qiluvchilar davlat xizmatlardan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.

Murojaat qiluvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, murojaat qiluvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.

Vakolatli organ so‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning farzandlari, oilaning mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari, shu jumladan, vafot etgan oila a’zosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining hamda nogironligi mavjud yoki mavjud emasligi hamda bolalikdan nogironligi bor (bo‘lgan) farzandlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot tizimlari orqali o‘rganadi.

Murojaat qilgan shaxsning ma’lumotlari o‘rganilganidan so‘ng vakolatli organ tomonidan 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash yoki uni rad etish haqida qaror qabul qilinadi hamda bu haqidagi ma’lumot tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboriladi. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda ma’lumotda rad etish sabablari ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari markazi ma’lumot olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida:

nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi;

nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari to‘g‘risida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар