PREZIDENT FARMONLARI AMALDA
PREZIDENT FARMONLARI AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmonida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan har bir farzandi uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan edi.
Bundan maqsad aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli ishlarni davom ettirish hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash xarajatlarini budjet mablag‘lari hisobidan qoplashdir.
Shunga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PQ-5204 sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko`ra 2021-yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilisi belgilandi.
Sharof Rashidov tumanida yashovchi 1000 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to‘lmagan 1672 nafar farzandlariga 836 mln so`m, nogironligi bo‘lgan 18 yoshga to‘lmagan 1195 nafar bolalarga 597.5 mln so`m bir martalik moddiy yordam ko`rsatildi.
Ushbu mablag`lar berilishi bu toifadagi oilalarning farzandlari uchuh Mustaqillimizning 30 yillik bayrami va yangi o`quv yili oldidan oquv qurollari sotib olishga hamda mahsus kiyim bosh sotib olish uchun katta yordam bo`ldi.