Joriy yilning 18-aprel kuni Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Sharof Rashidov tuman boʼlinmasi va tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda 2022 yil 18-23 aprel kunlari II-Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi tashkilotlar va aholi vakillari, Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi Sharof Rashidov tuman boʼlinmasi qoshida tashkil etilgan “Turon” yosh ijodkorlar klubi a’zolaridan iborat bir guruh targ‘ibotchi va ijodkor o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbirga tuman hokimi o‘rinbosari T.Pardayev tashrif buyurdi. Tadbir davomida ijodkor o‘quvchi yoshlarning ijod na’munalaridan iborat she’riy chiqishlari va kutubxonaga kelgan yangi badiiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tashrif buyurganlar tuman Axborot kutubxona markazi hamda “Turon” yosh ijodkorlar klubi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✍️Sharof Rashidov tuman hokimligi axborot xizmati