Bolalar puli yoki moddiy yordam uchun daromadni hisoblash tartibi qanday?
Oilaning bir a'zosiga to'g'ri keladigan bir oylik o'rtacha jami daromadni hisoblab chiqishning misoli:
5 kishidan iborat oilaning a'zosi bolalar puli uchun 2022 yil fevral oyida murojaat etgan. Uning daromadlari 2021 yil oktyabr, noyabr va dekabr oylari uchun hisoblanadi. Oila a'zolarining barcha daromadlari yig'indisi 5 250 000 so'mni tashkil etadi.
Oilaning bir a'zosiga to'g'ri keladigan bir oylik o'rtacha jami daromadi quyidagini tashkil etadi: 5 250 000 so'm / 5 kishi / 3 oy - 350 000 so'm.
Mezon bo'yicha daromad oilaning har bir a'zosiga 498 557 so'm. Demak bu oilaga bolalar puli tayinlanadi.
Pensiya jamg'armasi Sharof Rashidov tuman bo'limi