Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917- yilning 6- noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topgan. Oʻrta maktabda dastlabki maʼlumotni olgach, 1934- yilda Jizzax pedagogika texnikumida oʻqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soʻng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshlagan. 1938–1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941–1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944–1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koʻrsatadi.
1947–1949 yillarda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasiga muharrirlik qildi. 1949–1950 yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950–1959 yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959–1983 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi.