Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 408-sonli qarori tasdiqlangan edi.
Shunga asosan, Sharof Rashidov tuman boʻylab mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli vazifalar belgilab berilgan.
Jumladan, Madaniyat MFYda ushbu dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari yuzasidan mahalladagi hokim yordamchisi Ulug‘bek Sattorov aholiga hisobot berdi.