"18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i mamlakatimiz suverenitetining ramzi bo‘lib, unda milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsad va milliy g‘oyalarimiz, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, yorug‘ kelajakka intilishimiz, or-nomusimiz va g‘ururimiz aks etgan.
Bayrog‘imiz, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida barchamizni birlashtirib, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash da‘vat etib turadi.
Ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman".
Hurmat bilan Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati Asqarova Nigora Asqarovna.