Dono xalqimizning azaliy tarbiyasida insonlarga eʼtibor hamda gʻamxurlik koʻrsatish sifatlari joʻsh uradi. Zero, bu fazilatlar jamiyatda tinchlik, doʻstlik va hamjixatlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan eng muhim qadriyatlardandir.
Yangi yil bayramining kirib kelishi munosabati bilan saxovat pesha insonlar tomonidan tumanimizning "Mulkanlik" mahallalasida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand, nogironligi va nuroniylari bor oilalarga bayram sovg'alari hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.