Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan A.Navoiy va Z.M.Boburning hayoti va ijodini yoritib berish maqsadida maktab o'quvchilaridan tarkib topgan "Ko'hinur" va "Intellekt" jamoalari o'rtasida 4 shartdan iborat "Tarix qa'ridagi ikki nur" nomli bellashuv o'tkazildi. O'quvchilar ushbu bellashuvda o'zlarining 2 buyuk siymo haqida savol-javoblar, Navoiy va Bobur g'azalllari, ruboiylari va hayotidagi muhim voqealarni sahna ko'rinishlari orqali yoritib berishdi.