Sharof Rashidov tuman 4- sektor rahbari mahalla mutasaddilari bilan uchrashib, galdagi vazifalarni belgilab oldi
Bugun Sh.Rashidov tuman soliq inspeksiya boshlig‘ining 1- o‘rinbosari, 4-sektor rahbari A.Vaqqosov mahallasida sektor hududidagi mahalla raisi, mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi, mahalla xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, mahalladaga amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalarni belgilab oldi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 apreldagi “Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash, mahallada istiqomad qiluvchi fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish va shu kabi boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishib olindi.