Xususan, kuni kecha “Samarqandquduq” qishlog‘idagi 37-sonli umumta’lim maktabiga borib, Davlatimiz rahbari boshchiligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan suhbatlashdi.
Shuningdek, maktabda ta’lim sifatini yanada yaxshilash, oliy ta’limga kirish qamrovni oshirish, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, kutubxona fondini boyitish va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlanib, muhim vazifalar belgilandi.
Sektor rahbari maktab ma’muriyatiga sport inventarlari topshirdi