Kitobxonlik haftaligi" doirasida "Kutubxonaga sayohat" nomli sayohat tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Kitobsevar Millat" shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Temuriylar Akademiyasi maktab o‘quvchilari bilan birgalikda yangi adabiyotlar koʻrgazmasi hamda "Kitob aql chirogi" nomli sayohat tashkil qilindi unda 38 nafar kitobxonlar ishtirok etdi.