Muborak Ramazon hayiti saxovat, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob xislatlarni kuchaytiruvchi muqaddas ayyomdir.
Shu sababli, keksalar holidan xabar olish, nogironligi bor shaxslarga ko‘maklashish, moddiy ta'minoti yetarli bo‘lmagan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi, Mehr shavqat va salomatlik jamoat fondi tuman bo'limi hamda “Madad” NNT hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiriga qo‘l urdi.
Bugun tuman adliya bo‘limi tomonidan 25 nafar xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatildi.
Bu kabi sa'y-harakatlarning zamirida har qanday sharoitda ham aholini qo‘llab-quvvatlash va ularga e'tibor berish kabi ezgu maqsadlar yotadi.
Shunday ekan, ezgulik ulashishdan hech qachon to‘xtamang!