Bugungi kunda mamlakatimiz boʻylab "Jizzax tajribasi" sifatida davlatimiz rahbari tomonidan e'tirof etilgan 10 kunlik "Jasorat maktabi" o‘quv yig‘inini Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlida oʻtkazish anʼanaga aylandi.
Ushbu an'ana sababchisi va tashabbuskori ham Jizzax viloyati hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bo‘lib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida hamkorlikda ko'plab ishlarni amalga oshirib, shu o‘rinda yana 100 nafar yoshlar uchun o‘quv yig‘inini boshlashdi.
Xususan, Jizzax garnizondagi harbiy qismga yetib kelgan 100 nafar yoshlar harbiy orkestr sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng, ularga harbiy liboslar tarqatildi.
Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.
Marosimda soʻz olganlar yoshlarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalash va ularni kasbga o‘rgatish maqsadida tashkil mazkur yigʻin yoshlar uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar va sharoitlar yaratib berishini so‘zlab, o‘tkan yig‘inlardagi yoshlarning erishgan yutuqlarini misol keltirishdi.
Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr va viloyatning taniqli san'atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi chiqishlari yoshlarning ilk kunidanoq harbiylikka bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shundan so‘ng, okrug qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi viloyat viloyat Kengashi tomonidan yoshlarga kun tartibida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar batafsil yetkazilib, yoshlarning qiziqishiga qarab guruhlarga ajratildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati