Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida psixolog va huquqshunos darsi
“Aholining ehtiyojmand qatlamiga huquqiy yordam ko'rsatish va huquqiy savodxonligini oshirish” loyihasi AQSh Xalqaro taraqqiyot agyentligi (USAID) moliyaviy ko'magi orqali Jizzax viloyati “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo'llab-quvvatlash markazi huquqshunosi X.Sattarov Sh.Rashidov tumanida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o'qiyotgan yosh juftliklar uchun seminar o'tkazdi.
Unda 20 dan ziyod juftliklar qatnashdi. Seminar davomida ularga oilaviy hayot sirlari, oila qurishda qonuniy nikohning ahamiyati, tomonlarning huquqiy manfaatlari haqida tushunchalar berildi.