Kuni kecha Sharof Rashidov tuman soliq inspeksiya rahbari “Ravot” va “Yangiobod” mahallalarida uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini o‘rganib, aniqlangan muammolarni hal etish choralarini ko‘rmoqda.
O‘rganish davomida tuman rahbari qishloqlardagi yo‘l ta’miri, elektr simyog‘ochlarni almashtirish, kam ta’minlangan, og‘ir sharoitda yashovchi fuqarolar xonadonlarini ta’mirlash, ijtimoiy soha ob’ektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratdi.