Ayni damda Sharof Rashidov tumanida sog'liqni saqlash tizimi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tmoqda
Tadbirda tuman hokimi Mahmud Xolbutaev so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining soha vakillariga yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Shuningdek, bugungi kunda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e'tibor, bu yo'nalishda yaratilgan shart-sharoitlar hamda tumanda erishilayotgan yutuqlar xususida atroflicha to'xtaldi.