Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sh.Rashidov tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan tuman hududida muntazam ekologik nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda,
Tumandagi "Kuyovboshi" MFY hududida o‘tuvchi kanalning muhofaza hududidan fuqaro U.J. tomonidan noqonuniy ravishda, tegishli ruxsatlarsiz qurilish inshooti qurib olinganligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha MJtKning 82-moddasi 2-bandida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik holati, ya’ni suvni muhofaza qilish zonasi rejimini buzganligi uchun fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 10 barobari - 3 400 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati