Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov tumani Sharilloq mahallasida muhokama yig`ilishi o`tkazildi. Boshqarma boshlig`i rahbarligida o`tgan yig`ilishda hudud aholisi va tuman mutasaddilari ishtirok etishdi. Yig`ilishda tuman hududida kriminogen vaziyatni o`nglash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. O`tgan yil davomida sodir etilgan jinoyatchilik turlari, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokidagi qonunbuzarliklar sektorlar va mahallalar kesimida ko`rib chiqildi.