Jizzax viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari А.S.Mustanov, Biznes-ombudsman viloyat shoʻbasi boshligʻi S.Usmanovlar rahbarligida seminar yigʻilishi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-sonli va 15 noyabrdagi PQ-366-sonli qarorlarida berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tadbirkorlik subʼektlari hamda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga yetkazildi.
Seminarda viloyat boshqarma va tashkilotlari, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼruf Ergashev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, Soliq inspektsiyasi, Ichki ishlar boʻlimi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, Inson markazi, tijorat banklari rahbarlari, MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolar ishtirok etishdi.