“Yangi hayot” mahallasi obod bo‘lmoqda
Sharof Rashidov tumanining 4-sektorga qarashli “Yangi hayot” mahallasi “Obod xonadon–obod ko‘cha–obod mahalla” mezonlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov mazkur mahallada bo‘lib, “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonini joriy etish bo‘yicha xonadonlar 4 ta toifaga bo‘lib olindi.
1-toifaga hech qanday muammosi mavjud bo‘lmagan obod xonadon; 2-toifaga moddiy sharoiti yaxshi, imkoniyati bor, lekin uy-joyi ta’mir va obodonlashtirishga muhtoj xonadon; 3-toifaga o‘rtacha sharoitda yashayotgan uy-joyi ta’mir va obodonlashtirishga muhtoj xonadon; 4-toifaga esa o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan, uy-joyi ta’mirga va obodonlashtirishga muhtoj, to‘liq yordam berilishi kerak bo‘lgan xonadonlar kiritilib, ro‘yxati shakllantirildi.