Sharof Rashidov tumanining “Yangi hayot” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Tashpulatov mazkur mahallada bo‘lib, “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Qilinishi lozim bo‘lgan ishlar borasida zarur ko‘rsatmalarni berdi.
“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan oilalarning turar joylari ta’mirlab berilmoqda.