Jarayon
Sharof Rashidov tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivida yangi qurilayotgan yo‘l infratuzilmasini yaratish, chizish va qurish ishlari viloyat Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tasarrufida davom etmoqda.
Bu ishlarni pudratchi sifatida o‘z zimmasiga olgan "Translogistika" MCHJ asosiy ishchi kuchi va maxsus texnikalarini jalb qilgan. Hozirda yo‘l chizish va tuproq ishlari olib borilmoqda.