Yagona elektron platforma — tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun qulay maydon
Sharof Rashidov tumaniga qarashli “Yangi hayot” mahallasida “Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod mahalla” mezonlari doirasida soliq xodimlari va hokim yordamchilari va bank mutaxassislari ishtirokida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali uyma- uy yurib, so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Mazkur platforma ko‘magida kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi. Kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi.