Jizzax viloyatida shamol va qor ta’sirida elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda
Xabar berilganidek, (https://t.me/minenergy_uz/10880) shamol va qor ta’sirida Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan edi.
Ayni paytda noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.