Maktab oʻquvchilari bilan profilaktik suhbatlar davom etmoqda
Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi voyaga yetmagan oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha inspektor-psixolog tomonidan
Sharof Rashidov tumani hududida joylashgan maktablarda dars davomida inspektor psixolog lavozimlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, mahalla yettiligi birgalikda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
Maktablarda taʼlim oluvchi oʻquvchilarga dars vaqtida koʻngilochar va dam olish maskanlariga bormasliklari, oʻquvchilar tungi vaqtlarda maqsadsiz yurmasliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda masʼul xodimlar tomonidan alohida ogohlantirildi.