Samarqandquduq MFY qizil toifadan chiqariladi
Jizzax viloyati prokuraturasi hamda viloyat IIB mutasaddilari tomonidan Sharof Rashidov tumanining Samarqandquduq mahallasi yettiligi va tuman mutasaddilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazishdi.
Taʼkidlash joiz, ushbu mahallani qizil toifadan chiqarish maqsadida hududga ichki ishlar organlari, prokuratura, milliy gvardiya hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan xodimlar biriktirilgan. Yigʻilishda ushbu xodimlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi. Bunda asosiy eʼtiborni farzand tarbiyasiga befarq qarayotgan ota-onalar, nizoli va ajrim yoqasida turgan oilalar, ijtimoiy-iqtisodiy ogʻir axvoldagi fuqarolarga qaratish kerakligi urgʻulanib, aniq topshiriqlar berildi.