“Yoshlar innovatsion markazi”da huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining sayyor qabuli bo‘ldi
Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da ichki ishlar organlari, sudlar, prokuratura, adliya va soliq idoralari mutasaddilarining Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani aholisi uchun sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Mazkur jarayonda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari qatorida viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi, Bekzod Toshpo‘latovga qonunbuzarlarga nisbatan chora koʻrish, yetkazilgan moddiy zararni undirish, elektr taʼminotini yaxshilash kabi bir qator masalalar boʻyicha murojaatlar qilindi.
Oʻz navbatida aholini qiynayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi. Shu oʻrinda aytish joiz, sayyor qabulda koʻtarilgan kamchiliklarni bartaraf etish jarayoni Oʻzbekiston Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan nazorat qilinadi. Ana shunday sayyor qabul tez orada Zarbdor, Zomin, Yangiobod tumanlari aholisi uchun Zarbdor tumanida oʻtkaziladi.