Biriktirilgan yoshlar bellashishdi
Sharof Rashidov tumanidagi 4- sonli oʻrta umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. “Sogʻlom va barkamol avlod” shiori ostidagi bellashuvda 8, 9 va 10 sinf oʻquvchilaridan iborat jamoalar bellashishdi.
Taʼkidlash joiz, ushbu sport tadbiri viloyat IIB M va FRB boshligʻi, polkovnik Davron Norchayev tomonidan oʻziga biriktirilgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga koʻmaklashish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, sportning ommaviy turlariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Qizgʻin kechgan bahs yakuniga koʻra birinchi oʻrinni “Lochin”, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni “Barkamol” va “Xumo” jamoalari egallashdi.
Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov zafar quchgan futbolchilarga diplom, medal va sovgʻalarni topshirdi.