Jizzax viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi va "O‘zyo‘lko‘prik" klasteri Jizzax filiali Davlat muassasasi hamda SH. Rashidov tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi hamkorligida SH. Rashidov tumanidagi 4R38 avtomobil yo‘lining "Jizzax—Uchtepa" yo‘nalishida joriy ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Bu ishlarga tuman yo‘l quruvchilari va 6 ta maxsus texnikalari jalb qilingan. Yo‘llarni kengaytirish va yo‘l chetini tozalash, tartibga keltirish harakat tizimini yanada yaxshilamoqda.