Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik huquqbuzarligi to‘g‘risida tushuncha
Xabaringiz bor, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko‘payganligi sababli xuddi shunday zo‘ravonliklarning oldini olish, kamaytirish uchun ayollarga himoya orderi berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Ammo ba’zi bir shaxslar himoya orderi berilganligini bila turib, ayoliga ya’ni turmush o‘rtog‘iga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda zo‘ravonlik ishlatib, ularga nisbatan turli darajadagi jarohatlar yetkazayotgan shaxslar uchrab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
592-moddasida Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risida so‘z yuritilgan bo‘lib, unga ko‘ra xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2061-moddasida “Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Barchamiz targ‘ibot ishlarini ko‘paytirsak albatta men ishonaman ayollarga va qizlarga nisbatan zo‘ravonliklar kamayishiga, oilalarning mustahkam bo‘lishiga olib keladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Sharof Rashidov tuman sudi raisi Z.Xudayberdiev