Mamlakatimizda 9-14–sentyabr kunlari "Xon atlas" festivali boʻlib oʻtadi
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad - milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga teng oʻtmishi, urf-odati va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etish va targʻib qilishdan iborat.
Sharof Rashidov tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi barcha ayollarimizni, dilbar qizlarimizni ushbu milliylik targʻiboti - "Xon atlas" festivalida faol ishtirok etishga chorlaydi.
Sharof Rashidov Oila va xotin-qizlar boʻlimi