OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Sharof Rashidov tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan 9, 10, 11-sinflarning otaliqqa olingan o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni ilm olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, yoshlarning ilmga va kasb-hunarga qiziqishlari o‘rganildi.
Yoshlar bilan muloqot davomida ularning muammolari ham atroflicha o‘rganilib, esdalik sovg'alar va tashakkurnomalar topshirildi.