Ekologik sanaga bag‘ishlab ochiq dars tashkil etildi
Оzon qatlamining asosiy qismi stratosfera qatlamida, Yer sathidan o‘rtacha 20-25 km balandlikda (tropik kengliklarda 25-30 km, qutbda 15-20 km) joylashgan.
Bu qatlamning vazifasi quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni tozalab berishdan iborat.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, zararli nurlarning 97-99 foizini Ozon qatlami o‘zida tutib qoladi. Bu zararli nurlar Yer sathiga yetib keganida, sayyoramida hayot mutlaqo bo‘lmasdi. Shu sababdan ozon qatlami yemirilishini oldini olish maqsadida muhofaza
Ekologiya davlat inspektorlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Sharof Rashidov tuman ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan "Olmachi " MFYda joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida "Ozon qatlamini muhofaza qilish kuni"ga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi.Dars jarayonlarida mazkur global ekologik muammoning mazmun- mohiyati atroflicha muhokama etildi.